Bugun TDYU va Xindistonlik hamkorlar ta’sischiligidagi “Raqamli sud ekspertiza va tadqiqot markazi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent davlat yuridik universiteti va Xindistonlik hamkorlar ta’sischiligidagi “Raqamli sud ekspertiza va tadqiqot markazi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur markazning ishga tushirilishi sud-ekspertlik faoliyatini zamonaviy bosqichga olib chiqish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlarini sohaga keng joriy etish yo‘lidagi muhim qadamdir. Markaz raqamli dalillarni tahlil qilish, kiberjinoyatlar bilan bog‘liq tadqiqotlarni olib borish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda bu yo‘nalishda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Ayniqsa, ushbu markaz talaba-yoshlar, tadqiqotchilar, magistrant va doktorantlar uchun zamonaviy ilmiy-amaliy maydon bo‘lib, raqamli sud ekspertizasi, tarmoq kriminalistikasi, ma’lumotlar xavfsizligi va sun’iy intellekt asosidagi tadqiqotlarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.

Ishonamizki, “Raqamli sud ekspertiza va tadqiqot markazi” faoliyati mamlakatimizda sud-huquq sohasini raqamlashtirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va amaliyot bilan ta’lim integratsiyasini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Reposted from: https://t.me/IslambekRustambekov

Photos are available at the link: https://drive.google.com/drive/folders/1HIlDJVu4DaNQTa_wpuXDm8ZPMxzDbV5N?usp=sharing