Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi mudiri, professor Said Gulyamov 23-25-yanvar kunlari Hindiston Milliy Sud Ekspertiza universiteti tomonidan o’tkazilgan “Behavioral Forensics: Reintegrating Expanding Contours of Criminology and Criminalistics” mavzusidagi 5-Xalqaro va 44-butun Hindiston Kriminologiya konferensiyada ishtirok etdi.
Konferensiyada professor Said Gulyamov “Computational Law: Its Place in Modern Criminology and Criminalistics, Current Capabilities, Challenges, and Future Applications” ilmiy mavzusida nutq so’zladi.
Shuningdek, professor Said Gulyamov Milliy Sud Ekspertiza universitetining KIberxavfsizlik markazi hamda sud ekspertiza bo’limiga tashrif buyurdi va ular bilan hamkorlik masalalrini muhokama qildi.
Tashrif davomida Gujorat Milliy Yuridik Universiteti va Dehli Milliy Yuridik universiteti rahbariyati bilan ham uchrashdi.