Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi mudiri, Professor Said Gulyamov 2024-yil 23-25-yanvarda Hindistonda Milliy Sud Ekspertiza Universiteti tomonidan o’tkazilayotgan Kriminalistika bo’yicha Xalqaro konferensiyaga tashrifi davomida Gujorat Milliy Yuridik universitetiga ham tashrif buyurdi.
Universitet rahbariyati bilan bo‘lgan uchrashuvda Kiber huquq kafedrasi va Gujarot milliy yuridik universiteti o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Professor Said Gulyamov Kiber huquq kafedrasida mavjud o‘quv dasturlari hamda texnologiyalar haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, professor yuridik ta’limda sun’iy intellektni qo‘llash amaliyoti haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Shuningdek, ilmiy ishlar yozish va ularni chop etishda har ikki universitet professorlari bilan o’zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ikki universitet vakillari esdalik sovg‘alarini almashishdi.