Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04 raqamli Ilmiy kengashning 26-mart kuni soat 12:00 da o'tkazilgan majlisida Egamberdiyev Dilshodjon Alisherovichning "Jinoyat ishlari bo'yicha qo'shma tergov guruhlarini tuzishda xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalari" mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi bo'lib o'tdi. Majlisni professor Said Gulyamov boshqardi. Egamberdiyev Dilshodjon Alisherovich ushbu dissertatsiyasi orqali 12.00.10 — Xalqaro huquq ixtisosligi bo'yicha yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etdi.