Professor Said Gulyamov chiqindilarni boshqarishda zamonaviy texnologiyalarni taklif qilmoqda

Professor Said Gulyamovning "IoT, blokcheyn texnologiyalari va ma'lumotlar tahlili yordamida aqlli chiqindilarni boshqarish" nomli maqolasi xalqaro "E3S Web of Conferences" ilmiy jurnalining 2024 yil 501-jildida e'lon qilindi. Professor G'ulomov va uning hamkasblari chiqindilarni samarali boshqarish uchun IoT (Internet of Things), blokcheyn va ma'lumotlar tahlili kabi ilg'or texnologiyalarni qo'llash ahamiyatini yoritib berishgan. Ushbu yondashuv chiqindilarni to'g'ri saralash, qayta ishlash va utilizatsiya qilishda muhim ahamiyatga ega. Maqolaning Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazalarida indekslanishi uning xalqaro miqyosda tan olinganligini ko'rsatadi.

https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/abs/2024/31/e3sconf_iccsei2023_01010/e3sconf_iccsei2023_01010.html