Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04 raqamli Ilmiy kengashning 26-mart kuni soat 10:00 da o'tkazilgan majlisida Yusupova Faringiz O'ktam qizining "Raqamli transformatsiya sharoitida teletibbiyot xizmatlarini tartibga solishning xalqaro-huquqiy jihatlari" mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi bo'lib o'tdi. Majlisni professor Said Gulyamov boshqardi. Yusupova Faringiz O'ktam qizi ushbu dissertatsiyasi orqali 12.00.10 — Xalqaro huquq ixtisosligi bo'yicha yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etdi.